1

Mazali nonushta uchun 5 taklif!

SUG'DIYONA 04.10.2016, 10:07
Teglar: Taom
Mazali nonushta uchun 5 taklif!

QUSh UYaSI

Mini keks qolipini yog`lab, har biriga chaqilgan tuxumni soling. Ustidan qirg`ichdan chiqarilgan pishloq va non bo`lagini joylang. Masalliqni qizdirilgan gaz pechiga qo`yib, 15 daqiqaga qoldiring. Tayyor bo`lgach, likopchalarga solib smetana bilan birga dasturxonga tortiq qilasiz.

 

LIMON VA MAKLI QUYMOQ

3 dona atalangan tuxumga, 500 gr sut, yarim st.shakar, pichoq uchida tuz va iste`mol sodasi, bitta limon sharbati va ivitilgan makni qo`shing. Aralashtirigach, un va yog` solasiz. So`ng qizdirilgan tovada ikki tarafini  qizartirib pishiring. Limon va makli quymoq smetana yoki qaymoq bilan tortiq etiladi.

 

TVOROGLI OLADI

3 dona tuxumni atalab, 200 gr tvorog, 2-3 osh qoshiq shakar va 100 gr sutni qo`shing. Barchasini aralashtirib, 150-200 gr un soling. Tayyor aralashmani qo`lingizda xasip shakliga keltirib, bir barmoq qalinligida kesib chiqing. µar bir bo`lakni unga belab, o`simlik yog`i solingan tovada qizartirib qovurasiz. Pishishi bilan likopchaga tering-da, ustidan smetana quying.

 

KO`KATLI TOBLAMA

6 dona tuxumni atalab, ichiga yarim bog`dan to`g`ralgan ko`k piyoz, shivit va kashnichni qo`shing. 1 osh qoshiq un va bir chimldim tuz solib, aralashtiring. Ta`bga ko`ra 100 gr qirg`ichdan chiqarilgan pishloq qo`shsa ham bo`ladi. Aralashmani 100 gr o`simlik yog`i solingan tovaga quyib,yuzasini tekislang-da, ikki tarafini  qizartirib oling.

 

TUXUMLI NON

Buxanka nonini uchburchak shaklda kesib oling. Xuddi shu shaklda kesilgan pishloq va kolbasa bo`lagini ikkita non o`rtasiga joylang. So`ng atalangan tuxumga bilab, qizdirilgan yog`da qovurib olasiz. Pishloq asta erib, non bo`laklarini bir-biriga «elimlaydi». 

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1