Toshkentda 248 kishini "mashina olib beraman" deb aldab, 12 mlrd. so`mga "uxlatgan" firibgarlar sud zalida ham "tomosha qo`ydi" (video)

Jamiyat 31.03.2023, 09:30
Toshkentda 248 kishini "mashina olib beraman" deb aldab, 12 mlrd. so`mga "uxlatgan" firibgarlar sud zalida ham "tomosha qo`ydi" (video)

Toshkentda 248 kishini 12 mlrd. so`mga chuv tushirgan 4 nafar firibgarga hukm o`qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi. Sud zalida firibgarlar tomonidan "tomosha" ham qo`yildi.

"Zamon" dasturida e`lon qilingan lavhalarga ko`ra, fuqarolarga mashinalarni avtokreditlar orqali olib berishni va`da qilib, boplab laqillatgan firibgarlar sud zalida ham kattagina "tomosha qo`yib", baqir-chaqir qilishgan. Neksiya-3, Kobalt, Jentra va Isuzu uchun pul bergan fuqarolar mashina o`rniga mashmashalarga duch kelishadi. Pulni olganlar esa g`oyib bo`ladi. Sud zaliga yig`ilgan jabrdiydalar esa o`z pullarini talab qilishdi, bunga javoban esa sudlanuvchilar tomonidan turli vajlar aytilib, baqir-chaqir qilindi. 

Ma`lum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudining hukmi bilan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a,v” bandilari, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a,b” bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 29 yoshli yigit 9 yil 6 oy, 26 yoshli yigit 9 yil va JKning 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandilari, 228-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari, 243-moddasi, 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “a,b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 27 yoshli yigit 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.  

30 yoshli sudlanuvchi qiz esa JKning 168-moddasi 4-qismi “v” bandi va 228-moddasi 2-qismi “a,b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1