1

O`zbekistonda dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi — "O`zgidromet"

Jamiyat 31.03.2023, 12:41
O`zbekistonda dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi — "O`zgidromet"

"O`zgidromet" dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, bugun va ertaga O`zbekiston hududining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bugun kunduz kuni ba`zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg`ir yog`adi. Kunduzgi havo harorati 20-25 daraja atrofida bo`ladi.

Yakshanba kuni mamlakatimiz hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan siklon kirib kelishi kutilmoqda., buning hisobiga nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. O`zbekiston hududi bo`yicha ba`zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg`ir yog`adi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Respublikaning ayrim hududlarida do`l yog`ishi mumkin. Faqat sharqiy hududlarda yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

1-2 aprelda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, respublika shimolida va cho`l hududlarida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

31 mart va 2 aprelda tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

31 martda Toshkent viloyatining tog`li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor.

Poytaxtda: asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24-27 daraja bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1