1

Haydovchilik guvohnomasini almashtira olmay qolgan fuqarolar jarima to`laydimi?

Jamiyat 31.03.2023, 14:21
Haydovchilik guvohnomasini almashtira olmay qolgan fuqarolar jarima to`laydimi?

Bugun – 2023 yil 31 mart kuni eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishning so`nggi kuni. 

Ya`ni joriy yil 1 apreldan boshlab 2010 yilgacha berilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb hisoblanadi.

Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmatining O`zAga ma`lum qilishicha:

  •   Haydovchilik guvohnomasini almashtirishga murojaat qilganda yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmasdan keyin almashtirishga murojaat qilganda ma`muriy jazo qo`llanilmaydi. 

Faqat avtotransport vositasini boshqarish huquqini bermaydi, ya`ni muddati o`tgan yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmagan haydovchilik guvohnomasi bilan avtomobil boshqargan shaxsga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 135-moddasi bilan "hujjatsiz boshqarish" sifatida ma`muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1