1

1 aprel - Xalqaro qushlar kuni (video)

Jamiyat 01.04.2023, 22:51
1 aprel - Xalqaro qushlar kuni (video)

Bugun, 1 aprel - Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan "Botanika" bog`ida  “Qushlarni asraylik!” respublika tanlovi bo`lib o`tdi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar bermoqda. Tadbirda O`zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov, soha olimlari va ko`ngilli yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbir avvalida ishtirokchilar tomonidan daraxt ko`chatlari ekildi va qushlarni uchirish marosimi o`tkazildi. Shundan so`ng ko`ngillilar o`rtasida qush uyalarini yasash musobaqasi o`tkazildi. G`oliblar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 

Qushlarni muhofaza qilishni maqsad qilgan kunni nishonlash dastlab 1894 yilda AQShda paydo bo`lgan, keyin Evropaga kelgan va hozirda bu yo`nalishdagi tadbirlar ko`plab mamlakatlarda YuNESKOning "Inson va biosfera" biologik dasturi doirasida o`tkazilmoqda. 

O`zbekiston ornitofaunasida qushlarning 22 turkumga oid 470 dan ortiq turi ma`lum, shundan 51 turdagi qushlar Respublika Qizil kitobiga kiritilgan.

"Qushlarning  tabiat va inson hayotidagi ahamiyati xilma-xil bo`lib, o`simliklarni changlantirish, ularning urug`larini tarqatish, zararkunanda hasharotlar va kemiruvchilarni qirishdan iborat. Shu bilan birga, qushlarning tabiatdagi estetik ahamiyati ayniqsa katta, ularning sayrashi bog` va xiyobonlarni jonlantiradi, insonda zavqlanish hissini uyg`otadi",–deydi tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1