1

Soliqdan kelgan SMS orqali kartdan pul echib olinyaptimi?

Jamiyat 01.04.2023, 23:40
Soliqdan kelgan SMS orqali kartdan pul echib olinyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda er va mol-mulk solig`i haqida yuborilgan xabarnomaning havolasiga bosilganda foydalanuvchi bank kartasidan pul echib olinishi haqida xabarlar tarqaldi. 

Holat yuzasidan Davlat soliq qo`mitasi rasmiy munosabat bildirib, bu ma`lumotlar asossiz ekanini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, Soliq qo`mitasi soliq to`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning uyali telefonlariga 6079 raqamidan hisoblangan va to`lanishi lozim bo`lgan er va mol-mulk soliqlari to`g`risidagi ma`lumotlarni SMS ko`rinishida yubormoqda.

“Havola bosilganda soliq to`lovchi bank kartasidan pul echib olinmaydi. "Batafsil" yozuvidagi havola orqali  to`lov xabarnomasi yuklanadi.

"To`lash" yozuvi bosilganda esa "Soliq" mobil ilovasi joylangan platforma (Play Market) ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o`rnatilgan bo`lsa ilovaning “Soliqlarni to`lash” oynasidan to`lovni tez va oson amalga oshirish mumkin”, — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1