AsosiyDunyo

AQShga yana kuchli tornado zarba berdi

'AQShga yana kuchli tornado zarba berdi'ning rasmi

AQShning janubiy va g`arbiy hududlarida yuz bergan kuchli tornado oqibatida halok bo`lganlar soni 26 kishiga etdi. Yana o`nlab insonlar jarohat olgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Qayd etilishicha, bo`ron Arkanzas, Illinoys, Indiana, Tennessi, Alabama va Missisipi shtatlarini vayron qilgan.

AQSh Milliy ob-havo xizmati mamlakatning sharqiy qismiga soatiga 100 kilometrdan ortiq tezlikda esadigan shamol, momaqaldiroqlar yaqinlashib kelayotganini ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz, bir hafta oldin Missisipi shtatida kuchli tornado sodir bo`lib, uning qurbonlari yigirmadan organdi.Yana o`nlab kishilar jarohatlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar