1

Juftingizni burjiga qarab tanlang

SUG'DIYONA 04.10.2016, 14:27
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin
Juftingizni  burjiga qarab tanlang

Har bir burj belgisi o`zini nikohda yoki oddiygina shaxsiy hayotda mutlaqo turlicha namoyon qiladi. Quyida keltirilgan munajjimlar bashorati qaysi burj vakillari er yoki xotin bo`lishi haqida aytib beradi.

Qo`y (21 mart - 20 aprel)

Xotin:

Osongina sevib qoladi, lekin tez sovuydi. Shunga qaramasdan chin yurakdan sevib qolsa, umrining oxirigacha shunday qoladi. Mavqetalab, erini muvaffaqiyatga da`vat etadi. Uning bilan munosabatda ehtiyot bo`lish zarur.

Er:

Faqat 30 yoshdan keyin donolik kasb etadi, bunda jozibali va saranjom-sarishtali bo`ladi. Shu bilan birga u xotinini boshiga ko`taradi, kamdan-kam uni tanqid qiladi. Ammo ko`pincha unga qat`iyat etishmaydi.

 

Buzoq (21 aprel - 21 may)

Xotin:

Uning xarakteri engil, shu bilan birga u juda amaliyotchan. Eriga o`zining yaxshi bekalik sifatlarini ko`rsatadi, G`amxo`rlik, uy xotirjamligini ta`minlaydi. Ammo evaziga moddiy va ma`naviy qoniqtirishni talab qiladi.

Er:

Unga sevgidagi muvaffaqiyatdan ko`ra, nikoh muhim. Yaxshi er: ishonchli, sadoqatli, o`z uyining haqiqiy xo`jayini. Bir vaqtning o`zida kamgap va shubhali, lekin xotini to`g`ri yondashsa osongina tuzatish mumkin.

 

Egizaklar (22 may - 21 iyun)

Xotin:

Latofatli, topqir, birinchi o`ringa go`zallik va muhabbatni qo`yadi va undan keyin ikkinchi uy. Yaxshi ona. Bolalar haqqi o`z hissiyotini jilovlay oladi.

Er:

Uning shiori: “Muhabbat - o`yin”. Iqtidori rivojlangan va taassurotli. Xushomadgo`ylikni yaxshi ko`radi, to`g`ri, oilasi va sha`nini qadrlagani uchun kam hollarda shunday qiladi.

 

Qisqichbaqa (22 iyun - 23 iyul)

Xotin:

Ideal, sadoqatli xotin va ona. Eridan ko`ra bolalarini ko`proq sevadi. A`lo darajadagi uy bekasi, ehtirosli ma`shuqa, biroq o`ta rashkchi va molparast.

Er:

Uning uchun sevgisiz hayotning ma`nosi yo`q. Butun borliqni ehtiros va tuyg`ularga bag`ishlaydi. O`zgaruvchan kayfiyatli (sovuqqonlikdan “portlash”gacha), bu xotiniga ham o`tishi mumkin. Ammo bu ko`pincha uyda bo`ladi, o`zi namunali er.

 

Arslon (24 iyul - 23 avgust)

Xotin:

Juda latofatli va ehtirosli. Yaxshi beka, mas`uliyatli, ammo o`ziga doimiy e`tiborni talab qiladi. O`zining moddiy ahvoliga o`ta talabchan. Agar eri bilan munosabatlari chiqisha olmasa, g`amxo`rligini butunlay bolalarga qaratadi.

Er:

Romantik, ammo xotinidan tashnalik bilan yaxshi ko`rishini istaydi. Saxovatli, sovg`a qilishni yaxshi ko`radi. Bag`ri keng, lekin o`ta rashkchi. Ko`pincha hissyotchan.

 

Sunbula (24 avgust - 23 sentyabr)

Xotin:

Hissiyotidan sinchkovligi ustunlik qiladi. Haddan tashqari sog`ligiga qayg`uradi, shuningdek uy-joy sarishtaligini yoqtiradi. Eriga va bolalariga g`oyat e`tiborli, g`amxo`r beka.

Er:

Ikkife`lli va ziddiyatli odam: sovuqqonligi hissiyotchanligi bilan qo`shilib ketadi. Tanqiddan juda qo`rqadi. Optimist, o`z xotinini yaxshi ko`radi. O`z fe`lini to`liq tushunganliklarini bilsa, oilaga butun borlig`ini bag`ishlaydi.

 

Tarozi (24 sentyabr - 23 oktyabr)

Xotin:

Hissiyotchan, lobar va buni aytishlarini yoqtiradi. Agar bunday bo`lmasa iztirobi kuchayishi mumkin. Rashkchi, ko`pincha birinchi o`ringa uy xotirjamligini, keyin sevgini qo`yadi.

Er:

Eng sadoqatli er bo`lsa ajabmas. Uning tuyg`ulari qadrlanganda juda baxtiyor, shu bilan birga oilaviy hayotga juda yuqori talablar qo`yadi. Vaqt-vaqti bilan unga e`tibor va tinchlik berish zarur.

 

Chayon (24 oktyabr - 22 noyabr)

Xotin:

Tinib-tinchimas, bir xildagi hayot va unda sokin oqish unga yot. Ehtirosli, sezgir, xiyonatni kechirmaydi. Bolalarga sevgini davomi sifatida qaraydi.

Er:

Ishqiy ehtiros timsoli hisoblanadi. Hukmdor. Muhabbatga borlig`ini bag`ishlaydi. Baxtsiz nikohda o`ta shafqatsiz. Molparast va rashkchi. Ammo xotini va bolalari haqi uchun o`zini qurbon qilishga tayyor, hayotning barcha go`zalliklarini oilaga baxsh etishi mumkin.

 

Yoy (23 noyabr - 21 dekabr)

Xotin:

Boshqa burjlarga nisbatan romantikaga moyil. Eri uchun u birinchi navbatda yaxshi do`st va o`rtoq. Mehmondo`st uy beka. Eridan ham erkinlik berilishini talab qiladi. Uy xotirjamligini qadrlaydi.

Er:

Ochiqko`ngil va xushmuomala. Sevgida otash, ammo ko`pincha oila birinchi o`rinda emas (ishdan farqli ravishda). Xotinidan erkinlik berishni va uning qiziqishlarini baham ko`rishni talab qiladi. A`lo darajadagi ota.

 

Tog` echkisi (22 dekabr - 20 yanvar)

Xotin:

Uddaburon va obro`li erga ega bo`lishga intiladi. Shu bilan birga o`ta vafodor xotin. Tanqidni ko`tarmaydi. Ko`pincha uy xotirjamligiga sevgining bosh isboti deb qaraydi.

Er:

Juda uddaburon, yolg`izlikni yomon ko`radi. Ishonchli, uyda etakchilikka intiladi. Kamgap, o`z qilmishlarini so`z bilan emas, his-tuyg`ulari bilan ifodalaydi. Ko`pincha o`z muhabbatini xotini va bolalari bilan baham ko`radi: hammaga oz-ozdan tegadi.

 

Qovg`a (21 yanvar - 19 fevral)

Xotin:

O`z tanlaganiga so`rovlari yuqori, barqarorlikka ehtiyoji katta. Sevimli ona va beka, yaxshi pazandalikni qadrlaydi. Ma`naviy hayotga e`tirozi ko`p. Shubhalanishlardan xoli.

Er:

Ko`pincha idealist ko`rinadi. Sevgida sobit va sadoqatli. Rashkchi emas, osongina murosaga keladi. Xotinidan tez-tez o`z qiziqishlariga o`xshash qiziqishlarni talab qiladi. Ammo sevgi uning uchun yagona jon ozig`i emas, balki hayoti mazmuni.

 

Baliq (20 fevral - 20 mart)

Xotin:

Asosiy sha`ni - erini tushunish va butun borlig`ini muhabbatga baxsh etish qobiliyati. Sadoqatli va vafodor. Ko`pincha xushomadgo`y. Ehtirosli sevgiga qaraganda, uy va bolalar uning uchun muhimroq. Uning uchun baribir hamma narsadan ustun - tinchlik-xotirjamlik, eri va bolalari baxti.

Er:

Ehtirosli, jismoniy va ma`naviy sevgiga talabi katta. Ko`pincha ikkilanuvchan. Saxiy, o`z xotinini ma`budaday ko`radi. Hech qachon xotiniga buyruqbozlik qilmaydi, aksincha, uni hayotning tayanchi deb biladi.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1