14 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan MDH davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig`ilishida ishtirok etadi. Bu haqda bugun bo`lib o`tgan brifingda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma`lum qildi, deya yozmoqda TASS.
"14 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etadi. Ushbu tadbir Samarqandda bo`lib o`tadi", - dedi diplomat.
Diplomatning ta`kidlashicha, uchrashuv chog`ida tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadi, Hamdo`stlik formatida ko`p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlari muhokama qilinadi va 2022 yilda TIVlararo hamkorlik yakunlari sarhisob qilinadi.
“Xalqaro xavfsizlik masalalariga, shuningdek, huquqni muhofaza qilish, madaniy-gumanitar va ta`lim sohalaridagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e`tibor qaratish rejalashtirilmoqda”, — deya qo`shimcha qildi Zaxarova.






