Tolibon harakati BMT muassasalarida ishlayotgan afg`on ayollariga Afg`oniston hududida ishlashni taqiqladi. BMT vakillari vaziyatga oydinlik kiritish uchun Kobulda rasmiylar bilan uchrashmoqchi, deya xabar beradi DW agentligi.
«Tolibon» radikal islomiy harakati afg`on ayollarining Birlashgan Millatlar Tashkilotida (BMT) ishlashini taqiqladi.
«Turli kanallar bizga bu taqiq butun mamlakat hududiga taalluqli ekanligini ma`lum qilishdi», - dedi BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.
Dyujarrik bu taqiqni «bema`ni va asossiz» deb atadi va bu gumanitar tashkilotlarning muhtojlarga yordam berish qobiliyatiga putur etkazishi mumkinligini aytdi.
Avvalroq afg`on ayollari mehnatiga qo`yilgan taqiq faqat sharqiy Nangarhor provinsiyasiga taalluqli ekani xabar qilingandi.
06.04.2023 07:56
Tolibon afg`on ayollariga BMT muassasalarida ishlashni taqiqladi






