Kanadaning ikki provinsiyasida Pasxa bayrami arafasida do`l va qor tufayli yuz minglab odamlar elektrsiz qoldi, deb xabar beradi The Globe and Mail.
Kvebek va Ontario provinsiyalari noqulay ob-havo tufayli elektr energiyasidan mahrum bo`ldi. Hydro-Québec veb-saytiga ko`ra, Kvebekda mahalliy elektr tarmog`ining 780 mingga yaqin mijozi elektr ta`minotisiz qoldi.
Ularning aksariyati Monrealda, shuningdek, Montereji va janubi-g`arbidagi Utaue provinsiyalarida istiqomat qiladi. Uzilishlar Hydro-Québec kompaniyasining 4,5 million mijozlarining taxminan 17 foiziga ta`sir ko`rsatdi.
«Elektr ta`minotining uzilish sababi yog`ingarchilik va kuchli shamoldir», - dedi Hydro-Québec vakili Gabriel Leblanc.
Uning so`zlariga ko`ra, kuchli shamol daraxtlarni qulatgan, ular elektr simlari uzilishiga olib kelgan bo`lishi mumkin.
07.04.2023 10:08
Kanadada do`l tufayli yuz minglab odamlar elektrsiz qoldi






