1

“Agar telekanalning taqdiri o`ylantirayotgan bo`lsa…” Ozodbek Nazarbekov "Madaniyat va ma`rifat" telekanalining tugatilishiga munosabat bildirdi (video)

Madaniyat 08.04.2023, 18:12
“Agar telekanalning taqdiri o`ylantirayotgan bo`lsa…” Ozodbek Nazarbekov "Madaniyat va ma`rifat" telekanalining tugatilishiga munosabat bildirdi (video)

Kecha, MTRK tarkibidagi “Madaniyat va ma`rifat” telekanali yopilib, o`rniga Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi "Karvon" nomli telekanal tashkil qilish rejalashtirilmoqdaligi haqida xabar bergan edik. Ushbu xabar turli tarmoqlarda turli bahs-munozaralarga sabab bo`ldi. Bir guruh ziyolilar telekanal yopilishini tanqid qilib chiqdi. 

 Madaniyat va turizm vaziri,  Ozodbek Nazarbekov "Madaniyat va ma`rifat" telekanalining tugatilishi bo`yicha munosabat bildirdi:



"Bu muhokama shunchaki oddiygina muhokamami yoki haqiqatda telekanalning taqdiri o`ylantirayotgan insonlarmi? Agar telekanalning taqdiri o`ylantirayotgan bo`lsa, biz bilan hamkorlikka kirishing.  Biz har qanday taklif, fikr, mulohazalarni qabul qilishga, eshitishga tayyormiz. Maqsadimiz mana shu xalqimizga ma`rifat ulashib turgan telekanalni yanada boyitib, yanada sifatliroq xizmat ko`rsatishi tarafdorimiz", dedi madaniyat va turizm vaziri.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1