Toshkentga 233 ta avtobus va elektrobuslar olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Olib kelingan avtobuslarning birinchi partiyasi 233 dona bo`lib, shundan 100 tasi YuTONG elektrobuslari, 103 tasi uzunligi 12 metr bo`lgan siqilgan tabiiy gazda harakatlanuvchi YuTONG avtobuslari, 30 tasi esa o`ta katta sig`imli KingLong avtobuslaridir.
Prezidentning tegishli qaroriga (PQ–59-son, 16.02.2023-y.) muvofiq Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobus hamda 300 ta 12 metrli elektrobuslar olib kelinadi.






