AsosiyDunyo

Zelenskiy keyingi oy Germaniyaga borishi mumkin

'Zelenskiy keyingi oy Germaniyaga borishi mumkin'ning rasmi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urush boshlanganidan beri ilk bor may oyida Germaniyaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Zamon.uz yozmoqda.

Zelenskiy 14 may kuni Germaniya g`arbidagi Axen shahrida “Buyuk Karl” mukofoti taqdimotida shaxsan ishtirok etishi kutilyapti. Biroq prezidentning safariga Ukraina Qurolli kuchlarining ehtimoliy qarshi hujumi xalaqit berishi ham istisno etilmaydi.

Agar bu orada qarshi hujum boshlansa, Zelenskiy marosim ishtirokchilari bilan videohavola orqali gaplashadi.

Germaniya kansleri Olaf Shols “Buyuk Karl” mukofotining taqdirlash marosimida tantanali nutq so`zlashi rejalashtirilgan. 2023 yili Zelenskiy va Ukraina xalqi Evropani birlashtirishga qo`shgan hissasi uchun uning laureatlari bo`ldi. Mukofot 18 may kuni topshirilishi kerak edi, biroq Shols Yaponiyadagi G7 sammitida ishtirok etishi sababli taqdirlash marosimi 13-14 mayga ko`chirilgan.

    Boshqa yangiliklar