AsosiyDunyo

Qirg`izistonda Ulug` vatan urushi qatnashchilariga ming dollardan pul beriladi

'Qirg`izistonda Ulug` vatan urushi qatnashchilariga ming dollardan pul beriladi'ning rasmi

Qirg`izistonlik faxriylar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga bir martalik yordam sifatida 100 ming som (1100 dollar) to`lanadi. Bu haqda Qirg`iziston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma`lum qildi. 

Tegishli farmon Qirg`iziston rahbari Sadir Japarov tomonidan imzolagan. Ushbu aksiya faxriylarni moddiy qo`llab-quvvatlashga qaratilgan bo`lib, Ulug` vatan urushidagi g`alabaning 78 yilligi munosabati bilan o`tkazilmoqda. Davlat tomonidan quyidagi toifadagi shaxslarga mablag` ajratiladi:

Ulug` vatan urushi nogironlari;

Ulug` vatan urushi qatnashchilari;

Ikkinchi jahon urushi davrida nasistlar va ularning ittifoqchilari tomonidan yaratilgan konslagerlar, gettolar va boshqa qamoqxonalarning voyaga etmagan asirlari orasida bo`lgan shaxslar;

1941 yil 8 sentyabrdan 1944 yil 27 yanvargacha blokada paytida Leningrad shahrining korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ishlagan hamda “Leningrad mudofaasi uchun” medali, “Blokadadagi Leningrad aholisi” belgisi bilan taqdirlangan shaxslar.

Bir martalik moddiy yordam bank hisob raqamlariga o`tkaziladi. Faxriylar pochta bo`limlarida pulni olishi mumkin bo`ladi. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, 2023 yil 1 aprel holatiga ko`ra, respublikada 68 nafar faxriy istiqomat qiladi.

    Boshqa yangiliklar