Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Peterson shahridagi Umar masjidi imomi Sayid Al-Nakib 9 aprel, yakshanba kuni bomdod namoziga imomlik qilayotganda jamoat orasida yashiringan kishi tomonidan pichoqlangan.
Suiqasdni amalga oshirgan shaxsning kimligi aniqlangan. Ma`lum bo`lishicha, Serif Zorba ismli kishining namoz vaqtida odamlar orasidan sakrab o`tib, 65 yoshli imomga pichoq bilan zarba bergani kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.
Jinoyatchi namozxonlar tomonidan ushlanib, polisiyaga topshirilgan. Imom esa hayot uchun xavfli bo`lmagan jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Masjid ma`muriyati holat haqida batafsil ma`lumot bergan. Biroq hujumning amalga oshirilishidan maqsad nima bo`lgani ochiqlanmagan. Tergov harakatlari davom etayotgani xabar qilingan.





