AsosiyDunyo

Bayden hibsda qolayotgan Gershkovich oila a`zolari bilan suhbatlashdi

'Bayden hibsda qolayotgan Gershkovich oila a`zolari bilan suhbatlashdi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Jo Bayden josuslikda gumon qilinib, Rossiyada qo`lga olingan “Wall Street Journal” jurnalisti Evan Gershkovichning oila a`zolari bilan telefon orqali gaplashdi. Bu haqda muxbirning oilasi bayonotida aytiladi, deb xabar berdi “”TASS” agentligi.

“Prezidentning bugun bizga telefon qilganidan minnatdormiz. U AQSh hukumati Evanni tezroq uyiga qaytishi uchun barcha imkoniyatni ishga solayotganiga ishontirdi”, deyiladi xabarda.

Prezident, shuningdek, Gershkovichning noqonuniy ushlab turilishi to`g`risida Davlat departamenti chiqargan qarorni ma`qullab gapirdi.

“Biz sodir bo`layotgan voqealar mutlaqo noqonuniy ekanligini ochiq aytmoqdamiz. Biz bu haqda e`lon qildik va bu vaziyatni o`zgartiradi”, deb bayonot berdi Bayden.

Avvalroq Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo`yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi Qo`shma Shtatlar ma`muriyati Gershkovichning ozod etilishini ta`minlash bo`yicha turli idoralar bilan munozaralar olib borilayotgani haqida ma`lumot bergan edi.

    Boshqa yangiliklar