Italiya hukumati muhojirlar oqimi ko`pligi va janubiy viloyatlar ularni qabul qilishda katta qiyinchiliklarga duch kelayotgani sababli favqulodda holat e`lon qildi. Bu haqda ANSA xabar berdi, deya yozmoqda "zamon.uz".
Qayd etilishicha, fuqarolik mudofaasi va dengiz siyosati vaziri Nello Muzumechining taklifi bilan qabul qilingan qaror Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi va olti oyga 5 million evro ajratilishini nazarda tutadi.
Ichki ishlar vazirligining rasmiy ma`lumotlariga ko`ra, yil boshidan buyon dengiz orqali 30 mingdan ortiq muhojir kelgan. Bu ko`rsatkich 2022 yil boshidagi ko`rsatkichdan 4 barobar ko`proqdir. 7-10 aprel kunlari O`rta er dengizida o`tkazilgan operasiya davomida Kalabriya va Sisiliya qirg`oqlarida 3 mingga yaqin muhojir qutqarib olindi. Tunisdan kelayotgan migrantlarning aksariyati Afrika davlatlaridan kelganlar. U erdan siyosiy va iqtisodiy beqarorlik tufayli ular o`nlab chaqirim uzoqlikda joylashgan Italiyaning janubiy qirg`oqlariga ko`chib o`tmoqda.
Italiya hukumatining maqsadi – noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish.






