1

Har qanday munosabatda muhim bo`lgan 5 jihat

SUG'DIYONA 05.10.2016, 11:18
Teglar: Ayol, Erkak
Har qanday munosabatda muhim bo`lgan 5 jihat

Erkak va ayol o`rtasidagi munosabatlar ba`zan juda murakkab, chigal bo`lishi mumkin. Ammo har qanday munosabatlarni mustahkamlovchi 5 jihat bor, ular bilan sizni “Sosmo.ru” nashri tanishtiradi.

1. Doimiy ishonch
Bu juftingizning aldamayotganini bilish uchun telefonini tekshirishingiz kerak degani emas, aksincha, unga ishonganingizdan telefon va kompyuteriga yaqinlashmasligingiz lozimligini bildiradi. 

2. Muloqot qilish mahorati
Hech kimga sir emaski, munosabatlarni mustahkamlashda muloqotning roli juda kattadir. Buni aytgandan ko`ra, bajarish oson. Aksariyat hollarda juftimizning bizni so`zsiz tushunishini kutamiz, bu qanday oqibatlarga olib kelishi o`zingizga yaxshi ma`lum.

3. Nizoli vaziyatlarni hal qilish usuli
Orangizda tushunmovchilik paydo bo`lsa, vaziyatga juftingizning ko`zi bilan qarang. Bu boshqa odamni tushunishning eng qulay usulidir. Shunda uning nimadan noroziligini bilib olasiz va nizoli vaziyatni qanday bartaraf etish yo`lini topasiz.

4. Bir-biriga o`ta bog`lanib qolmaslik
Turmush qurgandan keyin aksariyat hollarda juftlar dunyoni unutib, bir-birlariga qattiq bog`lanib qoladilar. Ammo kuchli juftliklar vaqti-vaqti bilan bir-biridan uzoqlashib, dam olishni bilishadi. Ular ayrim paytlarda vaqtlarini yolg`iz, o`zlari qiziqqan ish bilan o`tkazishadi.

5. O`xshash qiziqishlar
Ma`naviy va moddiy boylik baxtli turmush kechirish asosidir. Ma`naviy boylik sizni shaxs sifatida namoyon qilsa, moddiy boylik oila byudjeti yuzasidan chiqadigan turli janjallarning oldini oladi

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1