Qozog`iston va Xitoy o`z fuqarolari uchun o`zaro vizasiz rejimni joriy qiladi. Tegishli qaror loyihasi Qozog`istonning ochiq normativ-huquqiy hujjatlar saytida e`lon qilindi.
Qayd etilishicha, o`zaro viza talablaridan ozod qilish ikki davlat o`rtasidagi hukumatlararo kelishuvda ko`zda tutilgan.
Mazkur shartnoma ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari tomonidan joriy yilning 18-19 may kunlari Xitoyning Sian shahrida imzolanishi kutilmoqda.
Hujjatga ko`ra, qozog`istonliklar Xitoyda chegarani kesib o`tgan paytdan boshlab 30 kundan ko`p bo`lmagan muddatga va 180 kunlik davrda 90 kundan ortiq bo`lmagan muddatga vizasiz qolishlari mumkin bo`ladi.
Bir davlat fuqarolari boshqa tomon davlati hududida belgilangan muddatdan ko`proq vaqt qolish niyatida bo`lsa, u holda ular davlat hududiga kirishdan oldin tegishli viza olish uchun ariza berishlari shart.
Ushbu qaror loyihasi 19 aprelga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo`yilgan.






