AsosiyDunyo

Zelenskiyning rafiqasi dunyoning eng nufuzli insonlari ro`yxatiga kirdi

'Zelenskiyning rafiqasi dunyoning eng nufuzli insonlari ro`yxatiga kirdi'ning rasmi

“Time” jurnali 2023 yilning eng nufuzli 100 kishilari ro`yxatini yangiladi, deya yozmoqda "Zamon.uz".

Qayd etilishicha, ro`yxatda oltita toifa mavjud. Ukrainaning birinchi xonimi Elena Zelenskaya Liderlar toifasiga kirdi.

"Urush davrida sahna ortida xizmat qilgan va hech qachon e`tibor so`ramagan. Ikki farzandning onasi, urush davrida jasoratini ko`rsatdi. U bolalarini olib qochishi mumkin edi. Qaysi ona uni ayblardi? Ammo u qoldi.U qoladi, chunki erkinlik demokratiya himoyachilarga loyiqdir. U o`z farzandlari uchun — ularning kelajagi va barcha ukrainaliklarning kelajagi uchun qoldi", — dedi AQSh birinchi xonimi Jill Bayden.

Bundan tashqari, ro`yxatda: tinchlik bo`yicha Nobel mukofoti sovrindori Aleksandra Matviychuk, AQSh prezidenti Jo Bayden, Germaniya kansleri Olaf Shols, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida, Braziliyaning 39-prezidenti Luiz Inasio Lula da Silva va boshqalar bor.

Titanlar ro`yxatiga biznesmen Ilon Mask, futbolchilar Lionel Messi, Killian Mbappe, qo`shiqchi Beyons va Biontech vaksinasini ishlab chiquvchilari Ug`ur Shahin va O`zlem Tureji kiradi.

 

    Boshqa yangiliklar