AQSh prezidenti Jo Bayden qo`shiqchi Ledi Gagani Oq uy san`at va madaniyat qo`mitasi hamraisi etib tayinladi. Bu haqda "Zamon.uz" RIA Novostiga tayanib xabar berdi.
Amerika administrasiyasiga ko`ra, Gaga 13 ta "Gremmi" mukofoti sohibi bo`lib, bu uni "tarixdagi tijorat sohasida eng muvaffaqiyatli ayol musiqachilardan biriga aylantirdi".
Oq uy, shuningdek, u "Forbes" jurnali dunyoning eng nufuzli ayollari ro`yxatiga, bundan tashqari, "Time" jurnali talqiniga ko`ra dunyodagi eng nufuzli 100 kishi ro`yxatiga kiritilganini eslatdi.
Bundan tashqari, Bayden amerikalik prodyuser Bryus Koenni ushbu qo`mitaning yana bir hamraisi etib tayinladi.
Ma`lumot uchun: Madaniyat va san`at qo`mitasi 1982 yilda tashkil etilgan bo`lib, uning vazifasi Oq uyga madaniyat siyosati bo`yicha tavsiyalar berishdan iborat. U "san`at va gumanitar fanlarni qo`llab-quvvatlashga sodiqligini ko`rsatgan" taniqli san`atkorlar, olimlar va xayriyachilardan iborat. Ushbu qo`mita a`zolari shaxsan AQSh prezidenti tomonidan tayinlanadi.






