AsosiyDunyo

Kim Chen In yadroviy qarshi hujumga tayyorligini e`lon qildi

'Kim Chen In yadroviy qarshi hujumga tayyorligini e`lon qildi'ning rasmi

Shimoliy Koreya qattiq yoqilg`ida ishlaydigan qit`alararo ballistik raketasi "Xvason-18"ning ilk sinovlarini o`tkazdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Kim Chen In mamlakatning qarshi hujumga tayyorligini oshirishini, Shimoliy Koreyaning strategik to`xtatuvchi kuchlarini qayta qurishini va Koreya yarim orolidagi vaziyatni keskinlashtirayotgan dushmanlariga javob qaytarishni va`da qildi.

KXDRning Davlat ishlari bo`yicha raisi Kim Chen In birinchi sinovni shaxsan nazorat qildi. Uchirish marosimida Kim Chen Inning Kim Ju Ae ismli qizi, uning rafiqasi Li Sol Ju va singlisi Kim Yo Chjon ham ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, uchirilish chog`ida atrofdagi mamlakatlar xavfsizligi inobatga olingan, raketaning ikkinchi va uchinchi oyoqlari “kechiktirilgan ajratish” usuli yordamida baland burchak ostida uchayotganda ajratilgan. Sinov uchirilishi yangi strategik qurol tizimining harbiy sohadagi samaradorligini baholash uchun mo`ljallangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar