Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti dunyoda parranda grippi pandemiyasi boshlanishi xavfidan ogohlantirgandi.
Kuni kecha tashkilot Xitoyda H3N8 virusidan ilk o`lim holati qayd etilganini ma`lum qildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Marhuma — Guandun provinsiyasida yashovchi 56 yoshli ayol edi. U pnevmoniya alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilib, H3N8 ni yuqtirgani aniqlangan.
Achinarlisi, ko`rsatilgan tegishli muolajalarga qaramay, bemor ikki hafta o`tgach, shu erda hayotdan ko`z yumdi. Aniqlanishicha, ayol bozorda kasallangan parranda bilan muloqotda bo`lgan.
Epidemiologlarning qayd etishicha, odamlar infeksiyadan zararlangan va halok bo`lgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur.






