AsosiyDunyo

Yaponiyada bosh vazir omma oldida chiqish qilayotganda portlash sodir etildi (video)

'Yaponiyada bosh vazir omma oldida chiqish qilayotganda portlash sodir etildi (video)'ning rasmi

Yaponiyaning Vakayama shahrida bosh vazir Fumio Kisida omma oldida chiqish qilayotganda portlash ro`y berdi.

Mahalliy OAVga ko`ra, vazir zudlik bilan evakuasiya qilingan, jabrlanganlar yo`q. Voqea joyida polisiya bir kishini hibsga oldi. Hibsga olish jarayoni CNN telekanali orqali namoyish etildi.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida portlashdan keyingi tartibsizliklar bostirilgach, Vakayamadagi temiryo`l stansiyasida yangi chiqish qildi. U voqea sabab yuzaga kelgan xavotirlar uchun aholidan uzr so`radi.

“Bo`lgan voqea sizga qattiq tashvish va noqulayliklar olib keldi, buning uchun sizlardan uzr so`rayman”, - dedi bosh vazir.

    Boshqa yangiliklar