AQSh qonunchilari AQSh prezidentiga Kongress roziligisiz yadro qurolidan foydalanishga buyruq berishni taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda senator Ed Marki (Massachusets shtati) matbuot xizmati ma`lum qildi.
Prezidentning yadro sohasidagi vakolatlarini cheklaydigan qonun loyihasi matni Ed Marki va vakil Ted Liu (Kaliforniya shtati) tomonidan ishlab chiqilgan.
Ular “Har qanday AQSh prezidentiga Kongressning oldindan roziligisiz yadroviy zarba berishni” taqiqlashni taklif qilmoqda.
"Hech bir prezidentning yadroviy zarba berish u yoqda tursin, bir tomonlama urush e`lon qilish huquqi yoki konstitusiyaviy vakolati yo`q”, - dedi Marki.






