AsosiyDunyo

Ilon Mask sun`iy intellekt kompaniyasini yaratdi

'Ilon Mask sun`iy intellekt kompaniyasini yaratdi'ning rasmi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask sun`iy intellekt sohasida X.AI kompaniyasiga asos soldi. Bu haqda Zamon.uz nashri yozmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Ilon Mask Nevada shtatida ro`yxatdan o`tgan X.AI nomli yangi sun`iy intellekt kompaniyasini yaratdi.

O`tgan oy taqdim etilgan hujjatlarga ko`ra, Mask kompaniyaning yagona ko`rsatilgan direktori hisoblanadi. Maskning oilaviy investisiya firmasi «Excession»ni boshqaruvchi Jared Birchall esa kompaniya kotibi etib tayinlandi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq neyron tarmoqlar va sun`iy intellekt rivojlanishini to`xtatib turish bo`yicha takliflar fonida Ilon Mask Super intellektni ishlab chiquvchilar haqidagi latifani eslatgan edi. U bu latifa bilan sun`iy intellektning nazoratsiz rivojlanishi xavfi haqida ogohlantirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar