Ispaniyaning Barselona shahridagi Vall d'Hebron shifoxonasida 65 yoshli bemorga robot-jarroh tomonidan o`pka ko`chirib o`tkazildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Operasiya chog`ida yangi usul qo`llanildi. Ya`ni shikastlangan o`pka ko`krak qafasini ochmasdan, bemorning to`sh suyagi ostidagi kichik kesma orqali olib tashlanib, o`rniga yangisi o`rnatildi.
Ma`lum bo`lishicha, faqat kichik kesma hosil qilish jarayoni shifokor qo`li bilan bajarilgan. Qolgan barcha yumushlar Da Vinchi nomli robotning "to`rtta mohir qo`li" yordamida uddalandi.
Mutaxassislar ushbu yangi jarrohlik texnologiyasi nisbatan xavfsiz va kaminvaziv bo`lib, kelgusida minglab bemorlar hayotini saqlab qolish imkonini beradi, degan xulosada.






