AsosiyDunyo

Buyuk Britaniya bosh vaziri manfaatlar to`qnashuvida gumonlanmoqda

'Buyuk Britaniya bosh vaziri manfaatlar to`qnashuvida gumonlanmoqda'ning rasmi

Buyuk Britaniyada Bosh vazir Rishi Sunak atrofida mojaro kelib chiqdi. U manfaatlar to`qnashuvi va biznes haqidagi ma`lumotlarni yashirishda gumon qilinmoqda, deya yozmoqda "zamon.uz".

Bosh vazirning rafiqasi bolalarga homiylik qiladigan kompaniyada ulushga ega. Parlament a`zolarining so`zlariga ko`ra, yil boshida Londonda bunday kompaniyalarga davlat subsidiyalari masalasi muhokama qilinganida, Sunak uning oilasi aslida bu masalada manfaatdor tomon ekanligi bo`yicha sukut saqlagan. Bunday holat iste`foga sabab bo`lishi mumkin.

Tahlilchilarga fikricha, agar partiya ichida Rishi Sunakni munosib qo`llab-quvvatlash bo`lsa, u qoladi, lekin bosh vazirni barcha 100 foiz qo`llab-quvvatlamaydi. Britaniyaning avvalgi ikki bosh vazirlari ham mojarolar ortidan iste`foga chiqishgandi. Masalan, Boris Jonson COVID-19 tufayli joriy etilgan karantin davrida bazm uyushtirgani tanqidlarga sabab bo`lgandi.

    Boshqa yangiliklar