20 aprel kuni Er aholisi noyob astronomik hodisaga – Quyoshning gibrid tutilishiga guvoh bo`ladi. Bu haqda Space xabar berdi.
Gibrid tutilish halqali tutilish deb ataladi, bunda Oy soyasining Er yuzasi bo`ylab o`tgan yo`li o`rtasida quyosh to`liq tutiladi. Mazkur jarayon quyidagi ko`rinishda aks etadi:
Bu 2023 yildagi birinchi quyosh tutilishidir. Uni Janubi-Sharqiy Osiyo, Sharqiy Hindiston, Avstraliya, Filippin, Hind va Tinch okeanlari suvlarida va Antarktidada kuzatish mumkin bo`ladi. Shunga qaramay, O`zbekiston aholisi uni onlayn kuzatish imkoniga ega. Bu Avstraliya observatoriyasi (Gravity Discovery Centre) tomonidan tashkil etilgan:
So`nggi gibrid quyosh tutilishi 2013 yilda sodir bo`lgan. Keyingi tutilish 2031 yilda sodir bo`ladi. Shundan so`ng uni 2164 yil 23 martgacha kutish kerak bo`ladi.






