AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o`tayotgan professional boks kechasida Bektemir Meliqo`ziev meksikalik raqibi Gabriel Rosadoni mag`lubiyatga uchratdi.
O`zbekistonlik va meksikalik bokschilar 75 kg vazn toifasida bellashishdi. 10 raund davom etgan jangda Bektemir ochkolar hisobiga ko`ra Rosadan ustun keldi.
Shu tariqa, 27 yoshli Meliqo`ziev professional faoliyatidagi yagona mag`lubiyat uchun o`zidan 10 yosh katta bo`lgan Gabriel Rosadodan revansh oldi.






