1

O`zbekistonda stomatologik tibbiy xizmatlarning 90 foizi xususiy klinikalar tomonidan bajarilayotgani aytildi

Salomatlik 23.04.2023, 17:31
O`zbekistonda stomatologik tibbiy xizmatlarning 90 foizi xususiy klinikalar tomonidan bajarilayotgani aytildi

Yaqin yillargacha xususiy klinikalarda murakkab jarrohlik amaliyotlarini o`tkazish ishonib bo`lmas voqea edi. Bugun esa ko`plab noyob texnologiyali muolaja usullari ushbu tibbiyot muassasalarida muvaffaqiyatli bajarilyapti. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xususan:

  • kattalar va bolalar urologiyasi;
  • intervension kardiologiya;
  • endoprotez amaliyotlari;
  • endoskopik ginekologiya;
  • oftalmologiya;
  • tibbiy radiologiya va raqamli rentgen;
  • klinik-biokimyo laborator tekshiruvlari kabi yo`nalishlarda o`tkazilayotgan amaliyotlarning 50 foizdan ortig`i aynan xususiy tibbiyot hissasiga to`g`ri kelmoqda.

Shuningdek, qator tibbiy ixtisosliklar bo`yicha yuqori texnologiyali muolaja usullari va umuman xususiy tibbiyotning ushbu xizmatlardagi ulushi allaqachon davlat tibbiyot muassasalarinikidan ortib ketgan.

Bular:

  •  oftalmologiya va operativ oftalmologiya — 60 foiz;
  • LOR va endoskopik LOR — 70 foiz;
  •  stomatologiya — 90 foiz.


Buning natijasida bugun xususiy tibbiyot sektorining umumiy sog`liqni saqlashdagi ulushi 30 foizni tashkil qilmoqda.


 

Sog`liqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati.


 

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1