AsosiyDunyo

Tatariston rahbari amaliy tashrif bilan O`zbekistonga keldi

'Tatariston rahbari amaliy tashrif bilan O`zbekistonga keldi'ning rasmi

Tatariston rahbari  Rustam Minnixonov amaliy tashrif bilan O`zbekiston Respublikasiga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida uni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Jamshid Xo`jaev va Rossiya Federasiyasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov kutib oldi.

 Tatariston delegasiyasining tashrifidan asosiy maqsad “Innoprom. Markaziy Osiyo" tadbirda ishtirok etishdan iborat.

70 ga yaqin kompaniya qatnashayotgan ko`rgazma majmuasida Tatariston stendi ham tashkil etilgan. 

Rustam Minnixonov shuningdek, Jizzax shahridagi yangi Tibbiyot ta`limi markazi va Jizzax texnoparkining ochilish marosimiga tashrif buyurishni rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar