24 aprel kuni Yangi Zelandiyada 7,1 magnitudali zilzila yuz berdi.
AQSh Geologiya xizmati ma`lumotlariga ko`ra, zilzila episentri Tinch okeanining janubiy qismidagi Kermadek orollarida bo`lgan.
Er silkinishlari 49 km chuqurlikda qayd etilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qurbonlar va vayronalar yo`q.
Zilziladan keyin sunami haqida ogohlantirish berilmagan.






