AsosiyMadaniyat
3406

Termizdagi Kampirtepa Aleksandrning Oksianasimi?

'Termizdagi Kampirtepa Aleksandrning Oksianasimi?'ning rasmi

Qadimiy Termiz yaqinida o`nlab asrlar taloto`piga guvoh bo`lgan ko`hna shahar xarobalari bor. Ular bir paytlar Iskandar Maqduniy (er.av 356-323 yy) tomonidan Baqtriya hududida barpo etilgan Oks Aleksandriyasi bo`lgan degan taxminlar bor.

1480-1490 yillarda nashr etilgan Ptolemey xaritasida, Aleksandr Oksianasi Oksning chap qirg`og`idaga Xaraxarta va daryoning o`ng qirg`og`ida Indikomardon (Termiz shahri hududi) orasida joylashgan, deyilgan. Bu bugungi kundagi Kampirtepa hududiga to`g`ri keladi.

Hududda arxeologlar tomonidan ko`p tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotlarning eng katta yutug`i Oks (Amudaryo)ning o`ng qirg`og`ida Iskandar Maqduniyning 329-327 yillardagi yurishlari vaqtida, yurtimiz hududida barpo etilgan eng qadimgi yunon-makedon istehkomi  qoldiqlari  topilgani bo`ldi.

O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati Oks Iskandariyasining 3D installyasiyasi yaratdi. Bu haqda "Darakchi" gazetasining 19-sonida qiziq maqola chop etiladi.

Ma’lumot uchun: "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining bosh homiysi  Eriell Group neft-servis kompaniyasi ekanligini qayd etib o‘tamiz.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar