1

Rossiya estrada «yulduz»laridan sinalgan parhezlar

SUG'DIYONA 07.10.2016, 10:09
Teglar: Go`zallik
Rossiya estrada «yulduz»laridan sinalgan parhezlar

Irina Allegrova, xonanda: — 7 kun davomida har 2 soatda bir kunda 6 martadan ovqatlanaman va soat kechki oltidan so`ng hech narsa emayman. 2 haftada bir marta qatiq yoki sabzavotli kun e`lon qilaman.

— Har kuni 200 ml. moychechak gulidan tayyorlangan damlamani ichaman. Bu damlama oshqozonimni tozalab boradi. Kun davomida esa yarim litr qaynab sovutilgan suv ichaman. Tongni 1 finjon shakarsiz qahva bilan qarshilayman.

— Ozishga zarurat tug`ilganda esa 5 kun davomida 400 gr.dan qaynatilgan kartoshka, yog`siz tvorog va qaynatilgan tovuq go`shtini tanovul qilaman, kefir ichaman, uzum va banandan boshqa hamma mevalarni bemalol eyman. Parhezning oltinchi kuni o`z rasionimdan gazli ichimliklarni olib tashlayman, uning o`rniga ko`proq mevalar iste`mol qilaman. Bunday parhez bilan 7 kg.gacha oza olaman. Yana ham yaxshi samaraga erishish uchun non va boshqa un mahsulotlaridan voz keching.

Layma VAYKULE, xonanda:

— Men o`z qomatimni saqlab turish uchun  haftada bir marta ochlik kuni e`lon qilaman. Suv va mevalargina iste`mol qilaman.

— Semirishni boshlaganimda darrov o`zimning 9 kunlik parhezimga o`tib olaman. Parhezning birinchi uch kuni tuz va yog` solmay pishirilgan guruch eyman. Ikkinchi uch kunlikda faqat qaynatilgan tovuq go`shti bilan kifoyalanaman. Va nihoyat, uchinchi uch kunlikda to`ygunimcha olmaxo`rlik qilaman. Kun davomida 2 l. dan kam suv ichmayman. Natija juda ajablanarli – bir kunda 1 kg. vazndan xalos bo`laman!

Alla PUGAChEVA, xonanda:

— Konsert dasturlari va bayramlardan oldin o`zimning sevimli kokteylimni ichaman. Bu kokteylni tayyorlash juda oson, asosiysi, u juda foydali. Buning uchun shivit, petrushka, seldereyni va bodringni blenderda bo`tqa holiga keltirib, unga kefir va qaynagan suv qo`shaman. Bunday parhez sizni ortiqcha yog`lardan xalos etibgina qolmay, sog`ligingizni ham tiklaydi.

Sharhlar

"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
ShOKOLADLI NIQOB

25.12.2017, 11:33

Shokoladni maydalang, 5 osh qoshiq shokoladga, yarim stakan asal qo`shib, 4 osh qoshiq tuz soling. Uqalovchi harakatlar bilan bu niqobni teringizga pastdan yuqoriga qarata surtib...
SELLYuLITGA QARShI VOSITA

25.12.2017, 11:01

Sitrus mevasi (limon, apelsin, mandarin) po`stlog`i sharbatini siqib olib, bir tyubik bolalar kremi bilan aralashtiring. Hamda muammoli, ya`ni tananing sellyulitli qismlariga surtib, yaxshilab uqalang. Bu...
«OZMOQChIMAN. LEKIN ShIRINLIKSIZ YaShAY OLMAYMAN!»

23.12.2017, 18:28

Bir bo`lakkina shokolad eyishga qaror qilasizu hammasini paqqos tushurgandan keyin xushingizni yig`ib olasizmi? Nafaqat sho`rvalarni, balki osh, va hatto mantini ham nonsiz tanovul qila olmaysizmi?...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1