1

«Nabiramning fotihasi buzilganiga aybdorman...»

SUG'DIYONA 07.10.2016, 11:55
Teglar: Farzand, Oila
«Nabiramning fotihasi buzilganiga aybdorman...»

— Yoshim oltmish birda. Qizimning turmush o`rtog`i vafot etganidan keyin ikki farzandini o`zim parvarishlab, katta qildim. Afsuski, o`g`il nabiram yoshligida vafot etdi, opasi bilan ikkimiz qoldik. Shundan keyin qandli diabet va qon bosimi xastaligiga chalinib qoldim. Hozir sog`ligim yaxshi emas. Qiz nabiram kollejning qandolatchilik yo`nalishida tahsil oldi. Pishir-kuydirga binoyidek qo`li kelishib qolgan. Uyda yolg`iz qolganim uchun ishlatmayman. Qizginamning bo`yi etib, bir-ikki joydan surishtiradiganlar ko`payib qolgandi. Yaqinda bir yigit ko`chada ko`rib, mehri tushibdi. Keyin sovchi yubordi. «Birinchi baxtni qo`ldan chiqarmaslik kerak», degan o`yda rozilik berdim. Tez orada fotiha qildik. Afsuski, so`rab-surishtirishga imkonimiz bo`lmadi. O`zim xastaman, bir oyda bir marta ko`chaga chiqsam chiqaman, chiqmasam yo`q. Bo`lajak kuyovning mahallamizda yashaydigan do`stidan surishtirsam, giyohvand ekanligi ma`lum bo`ldi. Ustiga-ustak, bir muddat qamoqda ham o`tirgan ekan. Bundan xabar topgach, darhol fotihani bekor qildik. Lekin nabiraginamning oldida o`zimni aybdor his etayapman. Shoshib bolaginamning baxtini boylab qo`yganim uchun o`zimni sira kechira olmayman. Endi eshigimizni sovchilar taqqillatmay qo`yishidan xavotirdaman. Axir «fotihasi buzilgan» degan tamg`a bolamning peshanasiga bosildi. Tanish-bilishlarim «Falokatingiz arigani rost bo`lsin, yaxshiyam, vaqtida bilib qolibsizlar», deyishayapti. Ammo ularning so`zlari taskin berolmayapti. Ko`zim ochiqligida qizginamni egasiga topshirsam, ko`nglim xotirjam bo`lardimi deyman-da.

Ismi sir tutildi.  

Tahririyatdan: — Buvijon bo`lishning o`zi biz uchun katta baxt va sharafdir. Albatta, o`rigidan mag`zi shirin deb nabiralarga alohida mehr va e`tibor bilan tarbiya beramiz. Ularning baxtini ko`rgimiz keladi. Biroq inson taqdirga bitilganini o`zgartirolmas ekan. Onajon, o`zingizni ko`p qiynamang, bu dunyoda barchamizni mehribon Yaratguvchi juft-juft kilib yaratgan. Vaqt-soati etib nabirangizga ham o`ziga munosib jufti halol nasib etadi. Ko`ngilni keng tuting. Axir siz ham shunday bo`lishini kaerdan bilibsiz? Nabiragiz xafa bo`lmasligi uchun noxushlikni ko`p ham eslash va eslatish kerak emas. Xudo bir yomonlikdan asragani rost bo`lsin. Neki yuz bersa, yaxshilikka yo`yish kerak. Odatda, go`zal xulqli insonlar farzandu nabiralarini go`zal qilib tarbiyalaydilar. Buvisini tarbiyasida o`sgan qiz aqlli va sabr-qanoatli bo`ladi. Sabrli inson esa albatta, baxtga erishadi. Nabirangizning rohatini ko`rishingizni istab, yaxshi joylardan ato kilishini so`rab, duo qilamiz.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Farg`onada bolalarni majburan onaga olib berish ijrosi kutilmagan tus oldi

13.12.2019, 19:35

Majburiy ijro byurosi organlarida davlat ijrochilari turli xil qizg`in voqealarga guvoh ham bo`lib qolishadi. Xususan, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 2019 yil 17 sentyabrdagi ijro...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1