1

Ishqiy munosabatlardan ruhiy o`zgarishlargacha...

SUG'DIYONA 07.10.2016, 17:36
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin
Ishqiy munosabatlardan ruhiy o`zgarishlargacha...

Mushtariylarning yo`llayotgan hech bir murojaati e`tiborimizdan chetda qolishini istamaymiz. Imkon qadar har biriga javob berishga, muammolariga echim topishda ko`maklashishga harakat qilamiz. Galdagi savollaringizga androlog-seksopatolog Ramazon NAZAROV javob beradi.

 

«MUAMMO NIMADA, BILOLMAYaPMAN...»

— Yoshim 25da. Uylanganman. Ilgari jinsiy hayot masalasida muammo bo`lmagan. Endi esa yaqinlikning juda tez tugashi tashvishga solayapti. Ehtimol, sog`ligimda biror muammo bormikan deb o`ylanib qoldim.

A.K

— Bunday paytda darrov dori-darmonga yopishib bo`lmaydi. Yaxshisi, yaqinlikka ruhan va jismonan tayyorgarlik ko`ring. Buning uchun yaqinlikning boshlang`ich qismini uzoqroq cho`zilishiga harakat qiling. Barcha harakatlaringiz chin dildan, tabiiy bo`lishi, shoshmaslik yaqinlikning uzoq davom etishiga, albatta, yordam beradi.

 

«YoTOG`IMIZNI BO`LAK QILIB OLAMIZ...»

— Yaqinlik masalasida erim bilan ko`p tortishib qolamiz. Shu masalada negadir bir-birimizni tushunishimiz qiyinroq. Oddiy narsalar ham katta tortishuvga aylanib ketadi. So`ng yotog`imizni alohida qilib, 3-4 kunlab gaplashmay yuramiz. Oraga sovuqchilik tushmasligi uchun qanday yo`l tutishim lozim?

Nargiza, Samarqand

— Bu tabiiy holat. Janjal paytida er-xotin o`zi bilmagan holda keskin gaplar bilan bir-birining ko`ngliga og`ritishi mumkin. Hissiyotlar biroz tinishi uchun ma`lum vaqt kerak bo`ladi. Lekin arazlash holati odat tusiga aylanmasligi lozim. Maslahatim, har qanday vaziyatda bir-biringizni raqib emas, juftlik sifatida tasavvur qiling. Bu muammolarga engilroq qarashingizga va qanday vaziyat bo`lmasin, bir-biringizni tushunishingizga yordam beradi.

 

"BIR-BIRIMIZDAN UZOQLAShIB KETMASAK EDI"

— Katta o`g`limni 4 yoshli bo`lgach, alohida xonaga chiqardim. Kichigi esa endi ikkiga kirdi. Tez-tez shamollab qoladi. Shuning uchun ko`proq o`zim bilan olib yotaman. Ammo bu erimga yoqmaydi. «Bolani qachon alohida yotishga o`rgatasan, er-xotindek yashaymizmi o`zi» deyaveradi. Bir-ikki marta alohida yotqizib ko`rdim, tunda xarxasha qilgach, noiloj yana o`zim bilan olib yotibman. Shuni deb turmush o`rtog`im mendan uzoqlashib ketmasaydi, deb qo`rqayapman.

Samira, Buxoro

— Eringiz bu vaziyatda to`laqonli haq. Bu yoshda farzandingiz bemalol alohida xonada yotishi mumkin. Hatto, bunday qilishga majbursiz. Chunki bu gigienik tomondan ham to`g`ri kelmaydi. Boz ustiga bolada mustaqillik tushunchasini rivojlantirish, qorong`idan qo`rqmaslikka va sizga hadeb qaram bo`lmaslikka o`rgatish uchun ham shunday yo`l tutishingiz kerak. Uydagi «ob-havo» yaxshi bo`lishi uchun er-xotin munosabatlarida hech qanday muammo bo`lmasligi shart. Kichkintoyingiz yotadigan xonani isitish vositalari bilan jihozlash, karavotiga o`zi yotqtirgan multfilm qahramonlari suratlari tushirilgan ko`rpa-to`shaklar solish, bolalarbop tungi chiroq yoqib qo`yish orqali bolangizni yangi joyiga o`rgating.

 

«RAFIQAM TUG`RUQDAN SO`NG O`ZGARIB QOLDI...»

— Farzandli bo`lganimizdan so`ng rafiqam yaqinlikni istamay qoldi. Turli bahonalar bilan o`zini olib qochadi. Bolamiz olti oylik bo`layapti uning bo`lsa baxonalari tugay demaydi...

Dilshod, Toshkent

— Turmush o`rtog`ingizda tug`ruq jarayoni og`ir kechgani bo`lishi mumkin. Balki buning asorati sifatida jinsiy a`zolariga shikast etgandir. Va jinsiy yaqinlik paytida u og`riq sezishi tabiiy. Buni aniqlash uchun shifokor-ginekologga borib, vaziyatni aniqlash zarur. Bundan tashqari, ayollarning organizmi gormonal o`zgarishni boshdan kechiradi. Bu degani ayol o`zini birinchi galda ona sifatida namoyon qiladi. Ayollik vazifalari esa chetga chiqadi. Buni ham hisobga olgan holda, rafiqangizga bola parvarishida ko`proq yordam berib, vaziyatni eski holatga keltirishingiz mumkin.

 

«TAShVIShLAR MUNOSABATLARGA ARALAShMASIN EKAN...»

— Yaqinlik payti rafiqam uydagi kichik muammolarni ham aytaveradi. Men esa bunday jarayonda hech nima chalg`itishini istamayman. Bu haqda unga bir necha marta aytdim, baribir o`z bilganidan qolmaydi. Shuni debmi bilmadim, «munosabat»lardan ko`nglim qolib ketayapti.

E.A

– Bu vaziyatda muammo nimadaligini aniqlab olish muhim. Balki u nimadandir xafadir. Buni ham inobatga olish zarur. Balki biron harakatingiz yoki biron vaziyatda o`zingizni noo`rin tutgan, uning ko`zida obro`yingiz tushgan bo`lishi ham mumkin. Masalaga oydinlik kiritish uchun ayolingiz bilan avvalgi ishonarli, romantik munosabatlarni tiklash zarur. U sizdan umuman kutmagan vaziyatlar yarating, masalan, kichikroq bo`lsa-da, biror narsa sovg`a qiling, birga konsert-teatrlarga boring, ba`zan er-xotin yolg`iz kafe va restoranlarda o`tirib, dam oling. Ishoning, bundan keyin ayolingiz sizni tanqid qilishni to`xtatadi, sizda ham ayolingizga nisbatan iliq tuyg`ular va albatta, yaqinlik istagi paydo bo`ladi.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1