Ruslan Nurudinov Janubiy Koreyada bo`lib o`tgan qit`a birinchiligida chempionlikka erishdi. Bu natija uchun Nuriddinovga dast ko`tarishda 177 kg, siltab ko`tarishda 228 kg etarli bo`ldi.
Shu tariqa, Ruslan ikkikurash natijasiga ko`ra 405 kg bilan eng yaqin ta`qibchisini 6 kgga ortda qoldirib, ushbu vazn toifasida barcha raqibalaridan ustun ekanligini isbotladi.
Eslatib o`tamiz, sportchimiz avval ham 3 karra Osiyoda etakchi ekanligini isbotlagan edi.






