1

«Sms» sabab erim bolasini tan olmayapti...»

SUG'DIYONA 08.10.2016, 11:28
Teglar: Farzand, Ayol, Oila, Er-xotin, Telefon
«Sms» sabab erim bolasini tan olmayapti...»

— Turmush o`rtog`im bilan sovchilar orqali tanishib, bir-birimizga mehr qo`yib oila qurdik. To`ydan ikki oy o`tib, tirikchilik tashvishida erim chet elga ketdi. Men esa shu erda qolib, qaynona-qaynotamning xizmatlarini qiladigan bo`ldim. Ammo o`sha paytlarda birgina adashgan «SMS» hayotimni bunchalar o`zgartirib yuborishini xayolimga ham keltirmagan edim. Notanish raqamdan meni uchrashuvga taklif qilgan o`sha mash`um xabarni ko`rib qolgan qaynotam xiyonatda ayblay boshladi. Ularga xaqligimni isbotlashga uringanim sari meni botqoqqa botira boshlashdi. Oxir-oqibat, bu gaplar erimning ham qulog`iga etib bordi. Bu orada esa men uning izidan o`sha davlatga borib keldim, oradan hech qancha vaqt o`tmay, uning o`zi ham ukasining to`yiga kelib qoldi. Va nihoyat, ikki yil kutganim – onalik baxtiga erishishimni eshitib ichimga sig`may ketdim. Ammo qismatning menga atalgan sinovlari hali tugamagan ekan. Endi oilamiz mustahkamlanadi, deb yurganimda erim bolani tan olmasligini aytdi. Hozir ota-onamning uyidaman, erim ajrashamiz deyapti. Ammo men buni istamayman. Oilamni asrab qolish uchun nima qilay, maslahat bering. 

Olima, 25 yosh, Navoiy viloyati.

Qaynonajon: — Yangi kelinning telefoni jiringlaganda atrofdagilarning (hali ular uchun siz o`qilmagan kitobsiz-da) yuragi bir hapqiradi. «Kim ekan?» degan savol har qanday odamning dilidan o`tadi. Har qancha ishonmaylik, shubha-gumonlar biz bilan yonma-yon yuradi. Ona qizim, hech bir inson shubhadan mustasno emas. Toki, vaziyat shu darajagacha chigallashgan ekan, oilani saqlab qolishning yo`lini topishimiz kerak. Er-xotin bir-birining tilini, dilini tushunadi. Ammo oriyat degani o`limdan ham kuchli. Ota-onasi, yaqinlari o`rtasida gap-so`zga qolgan kelin bilan yashab ketish, malomatga qolgan xotinning bolasini bolam, deyish o`lim bilan barobar. Maslahatim, fursatni boy bermay, farzandingizning otasi bilan dildan, ochiq-oshkora gaplashing. Iddao qilmang, achchiq qilib, haddingizdan oshmang. Tarozi barobar tosh bosishini istasangiz, rostgo`y bo`ling, mard bo`ling. Aldov, avrash bilan uzoq yashab bo`lmaydi. Achchiq bo`lsa-da, haqiqat yaxshi. Oilangizning bag`ri butun bo`lsin. 

Feruza Akromova, ruhshunos: — Singlim, farzandingizni etim qilmang, oilangizni saqlab qolish uchun kurashing. Avvalambor otangizning uyiga kelganingiz eringizning nazdida qo`yilayotgan ayblarni tan olishingiz bilan barobar, shuning uchun mahalla maslahatchisini olib, darhol ortga qaytish harakatini qiling. Qo`yilayotgan ayblarni inkor etayotib ham o`zingizga ishonch bilan qat`iy sha`ningizni himoya qiling. Chunki faqat o`ziga ishongan insongagina boshqalar ham ishonch bildirishadi. Turmush o`rtog`ingiz bilan o`rtaga begonalarni qo`shmay, samimiy gaplashib oling.

Saodat OChILOVA yozib oldi.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekiston 8 oy ichida xorijdan 236 624 dona mobil telefon import qilgan

26.09.2021, 15:43

O`zbekiston 8 oy ichida xorijdan 236 624 dona mobil telefon import qilgan.Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi.Unga ko`ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O`zbekiston xorijdan...
O`zbekistonda 100 ta uy xo`jaligiga 290 mobil telefon to`g`ri kelmoqda

23.09.2021, 11:26

O`zbekistonda 100 ta uy xo`jaligiga 290 mobil telefon to`g`ri kelmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi xabar berdi.Unga ko`ra, 2021 yilning yanvar-avgust holatiga 100 ta uy xo`jaligiga...
2021 yil O`zbekiston qariyb 94 million dollarga teng telefon import qilgan

26.08.2021, 16:16

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston xorijdan qiymati 94,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 1,4 mln. dona mobil telefonlar import qilgan. Telefon...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1