1

O`zbekistonlik sportchi kosmetologik operasiya jarayonida vafot etdi

Sport 24.05.2023, 20:59
O`zbekistonlik sportchi kosmetologik operasiya jarayonida vafot etdi

Kecha, 23 may kuni O`zbekiston qilichbozlik federasiyasi bosh hakami, mashhur sportchi Aida Hasanova 39 yoshida to`satdan vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston qilichbozlik federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda aytilishicha, sportchi kosmetologik operasiya davomida noto`g`ri dori vositasi qo`llanilishi oqibatida shokka tushgan. Biroz vaqt o`tgach, u 16-shahar shifoxonasiga olib borilgan. Hasanova taxminan kechki soat 19:00 larda shifoxonada vafot etgan.

Aida Hasanova 1983 yil 4 avgustda Toshkent shahrida tug`ilgan.

U qilichbozlik bo`yicha sport ustasi, 2001-2006 yillarda mamlakat chempionligini qo`lga kiritgan. 2005 yilda Angliyada o`tkazilgan xalqaro turnirda g`olib bo`lgan.

2014 yilda Aida O`zbekiston tarixida birinchi bo`lib uch qurol turi bo`yicha xalqaro qilichbozlik hakami bo`lgan. O`sha yildan boshlab u Xalqaro qilichbozlik federasiyasining hakami sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Aida Hasanova Tokio-2020 Olimpiada o`yinlarining qilichbozlik sport turida hakam sifatida ishlagan birinchi markaziy osiyolik mutaxassis hisoblanadi. U dunyoning eng yaxshi besh nafar qilichbozlik hakami deb ham e`tirof etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1