Antropologlar 1941 yilda Amir Temur qabrini ochganda bosh chanog`ida qisman saqlanib qolgan soch, soqol qoldiqlarini avaylab ko`chirib olgan. Ular sarg`imtir, zanglagan temir rangiga yaqin bo`lganini ko`rishgan.
Shunda Amir Temurning soch-soqoli bo`yalganmi, degan fikr uyg`ongan. Kimyogar-olim V.Kononov soch tolalarini kimyoviy usulda tekshirib rangi tabiatan shunday bo`lganligini aniqlaydi.
Antropolog Gerasimov esa Amir Temur 70 yildan ko`proq umr ko`rganiga qaramay, bosh chanog`i va boshqa suyaklarida keksalik alomatlari ko`rinmaganligini ta`kidlaydi.
Ekspedisiya a`zolari sohibqironning o`ng qo`li bukilmaganligi va o`ng oyog`i biroz oqsoq bo`lganligi haqidagi ma`lumot ham haqiqatga to`g`ri kelishini isbotlashgan.
Eslatib o`tamiz, “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasining bosh homiysi — "Eriell Group" neft konlariga xizmat ko`rsatish kompaniyasi.






