1

Toshkentda O`zbekiston va Malayziya kompaniyalari o`rtasida biznes-forum o`tkazilishi mumkin

Iqtisodiyot 25.05.2023, 11:07
Toshkentda O`zbekiston va Malayziya kompaniyalari o`rtasida biznes-forum o`tkazilishi mumkin

O`zbekistonda Malayziya kompaniyalari ishtirokida biznes forum o`tkaziladi

O`zbekiston elchixonasi ko`magida 15—21 may kunlari Malayziyaning Xalqaro islom savdo-sanoat palatasi raisi Muhammad Amin Fahmining mamlakatimizga safari tashkillashtirildi.

Hoji Fahmining O`zbekistonga tashrifi davomida Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligi va Savdo sanoat palatasi rahbariyati bilan uchrashuvlar bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda xorij tomoniga mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar to`g`risida batafsil ma`lumot berildi.

Tadbir davomida shu yilning iyul oyida O`zbekiston va Malayziya kompaniyalari o`rtasida biznes-forum o`tkazish bo`yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Muloqot yakunida O`zbekiston va Malayziya kompaniyalari ishtirokida biznes-forum o`tkazish va unga Malayziyaning yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi etakchi kompaniyalarni jalb etish, Biznes-forum doirasida Malayziyaning Xalqaro islom savdo-sanoat palatasi va O`zbekiston Savdo sanoat palatasi o`rtasida hamkorlik memorandumini imzolash, O`zbekiston kompaniyalarini Malayziyaga javob tashrifini ishlab chiqish va Malayziyada ham biznes-forum o`tkazish to`g`risida kelishuvlarga erishildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1