Afsonaviy "Ali bobo va qirq qaroqchi" kartinasi zamonaviy talqinda ekranlarga qaytishi mumkin

Madaniyat 26.05.2023, 12:58
Afsonaviy "Ali bobo va qirq qaroqchi" kartinasi zamonaviy talqinda ekranlarga qaytishi mumkin

O`zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligida Agentlik va "O`zbekfilm" davlat unitar korxonasi rahbariyatining rossiyalik taniqli rejissyor Janik Fayziev va hindistonlik mashhur rejissyor va ssenariylar muallifi Umesh Mehra bilan zoom-uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuv davomida O`zbekiston-Rossiya-Hindiston hamkorligidagi loyiha – afsonaviy “Ali bobo va qirq qaroqchi” filmining zamonaviy talqinini yaratish fikri, tashkiliy masalalar, aktyorlarni tanlash va filmning taxminiy byudjeti muhokama qilindi.

Filmni suratga olish uchun hamkorlar tasodifan tanlab olinmagan. Janik Fayziev - “Turk gambiti”, “Galaktika darvozaboni”, “Avgust. Sakkizinchi” va boshqa mashhur filmlarni suratga olgan va 1979 yilda suratga olingan “Ali bobo va qirq qaroqchi” filmi rejissyori Latif Fayzievning jiyani hisoblanadi. Shuningdek, Latif Fayziev filmni hind rejissyori Umesh Mehra bilan birgalikda suratga oldi.

Uchrashuvda suratga olinishi rejalashtirilgan kartina kambag`al o`tinchi Ali Bobo haqidagi afsonaning birinchi qismini davom ettirish va zamonaviy talqinda suratga olinishi kerakligi ta`kidlandi.

Konferensiyada kinolentani yaratishning barcha amaliy masalalarini atroflicha o`rganish uchun joriy yilning iyul oyi boshida shaxsan uchrashish bo`yicha kelishuvga erishildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1