1

Buyuk ipak yo`li qanday yo`l?

Madaniyat 26.05.2023, 21:34
Buyuk ipak yo`li qanday yo`l?

Buyuk ipak yo`li juda ham aniq nom emas, chunki bu aslida bitta yo`l emas, balki shaharlar va vohalar o`rtasidagi bir qancha karvon yo`llari edi. Savdogarlar bu yo`llardan faqat ipak-shoyi emas, balki boshqa ko`plab qimmatbaho mollarni tashiganlar.

Xitoy shoyisi uni sotib olishga qurbi etadiganlar orasida alohida e`tibor topgandi. Shoyi mato parchalari Afinadagi 6 asrga oid qabrlardan, shuningdek, Germaniyadagi temir davriga oid go`rlardan ham topilgan. Rimliklar zeb-ziynat buyumlarini ko`p miqdorda sotib olishadi. 1 asrda rimliklar tarixchisi Katta Pliniy bunday deb yozgandi: «Hindiston, Xitoy va arab mamlakatlari har yili imperiyamizdan katta miqdordagi pulni olib ketishardi — zeb-ziynatlarimiz va ayollarimiz bizga juda qimmatga tushardi».

Savdo yo`lida harakat ikki tomonlama edi. Rimliklar keltirilgan barcha zeb-ziynat buyumlari o`rniga Sharqqa oltin va kumush tangalar, sopol buyumlar, shisha idishlar, qimmatbaho toshlar yuborishardi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1