1

Qashqadaryoda yo`l bermagan haydovchilarni qurol bilan qo`rqitib qo`ymoqchi bo`lgan yigit 5 sutkaga qamaldi

Jamiyat 27.05.2023, 19:00
Qashqadaryoda yo`l bermagan haydovchilarni qurol bilan qo`rqitib qo`ymoqchi bo`lgan yigit 5 sutkaga qamaldi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda bir yigit mashina haydayotgan vaqtida qo`liga o`yinchoq to`pponchani olib, qo`lini oynadan chiqargan holda turli harakatlar qilgani aks etgan video tarqaldi.

Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmatining xabar qilishicha, olib borilgan surishtiruvlar natijasida huquqbuzar haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilib, qo`lga olingan.

"24 may kuni Shahrisabzda o`zimning mashinamda harakatlanib ketayotganimda mashinalar menga yo`l bermagani uchun ularni quvib o`tdim. Shunda ham yo`l bermay, o`yin qilgani sabab shu o`yinchoq pistoletni chiqarib ketdim. Pistoletni Toshkentdan internet orqali qiziqish uchun zakaz qilib olgandim. Ahmoqlik qildim, qilgan ishimdan pushaymonman”, - deydi huquqbuzar yigit.

Holat Jinoyat ishlari bo`yicha Shahrisabz shahar sudida ko`rib chiqildi. Yigit MJtKning 125-moddasi 3-qism, 128-moddasi 3-qism va 180-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1