1

Xorazmda 61 yoshli o`qituvchi erkak 3-sinfda o`qiydigan ikki nafar qizga tegajog`lik qilgani aytilmoqda

Jamiyat 27.05.2023, 20:03
Xorazmda 61 yoshli o`qituvchi erkak 3-sinfda o`qiydigan ikki nafar qizga tegajog`lik qilgani aytilmoqda

Joriy yilning 4 may kuni Xorazm viloyat Xonqa tuman maktabining 1962 yilda tug`ilgan rus tili o`qituvchisi B.R. dars paytida 3-sinfda o`qiydigan ikki nafar o`quvchi qizlarni orqasi, elkalari, qo`llari, qornini ushlab, yubkasini ostiga qo`lini tiqib, silagani aytilmoqda. Bu haqda "Sukut saqlama" kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, qizlar bu haqda ota-onalariga aytishgan, ular esa o`z navbatida huquqni himoya qilish organlariga murojaat qilgan. Tergov Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 41-1 moddasi bilan ish qo`zg`atgan. Kanalda qayd etilishicha, bunday ishlar uchun doimo Jinoyat kodeksining 129-moddasi qo`llanilgan.

"Noto`g`ri kvalifikasiya na tergovchilar, na sudyani hayron qoldirmadi. Sudlanuvchi aybini tan olmadi va shunchaki qizlarni yaxshi o`qigani uchun elkalarini qoqqanini pesh qildi. Lekin to`plangan ma`lumotlar qizlarning gapini tasdiqladi. Bunday jinoyatlar JK 129-moddasi 2-qismi "b", "v" va "j" bandlari bilan kvalifikasiya qilinishi kerak. Buning uchun jazo esa 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki o`qituvchilik faoliyati bilan shug`ullanishni taqiqlagan holda 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutishi kerak. MJtK 41-1-moddasi bo`yicha esa maksimal jazo 10 sutka ma`muriy qamoq jazosini nazarda tutadi, va u bolalar bilan ishlashda davom etishi mumkin. 25 may kuni sudya Xamroqulov B.R.ga 5 sutka ma`muriy qamoq jazosini tayinladi", deyiladi xabarda.

"Ishni qayta kvalifikasiya qilishlarini talab qilamiz, zo`ravon o`z qilmishi uchun to`liq jazolansin", - deyiladi "Sukut saqlama" xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1