1

Koreya instituti bilan 6,6 mln AQSh dollari miqdoridagi grant loyihasini amalga oshirish bo`yicha bitim imzolandi

Jamiyat 27.05.2023, 20:31
Koreya instituti bilan 6,6 mln AQSh dollari miqdoridagi grant loyihasini amalga oshirish bo`yicha bitim imzolandi

Janubiy Koreyada Tabiat resurslari vazirligi va Koreya atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) o`rtasida Jizzax viloyatida tibbiyot chiqindilarini utilizasiya qilish va poligonlardan chiqayotgan gazlarni ushlab qoluvchi obektlarni qurish loyihasi doirasida dastlabki istiqbollari muhokama qilindi, deya xabar bermoqda Tabiat resurslari vazirligi. 

Qayd etilishicha, Tabiat resurslari vazirligi Koreya atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) bilan qiymati 6.6 mln. AQSh dollari miqdoridagi grant loyihasini amalga oshirish bo`yicha bitim imzolangan. 

Shuningdek, uchrashuvda tibbiyot chiqindilarini utilizasiya qilish va poligonlardan chiqayotgan gazlarni ushlab qoluvchi obektlarni qurish loyihasi doirasida koreyalik mutaxassislar ushbu loyihaning ahamiyati va samaradorligi to`g`risida atroflicha ma`lumot berishdi.

Qayd etish joizki, loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar: 500 kVt-1 MVt quvvatiga teng chiqindi poligonlaridan chiqayotgan gazlarni yig`ish inshootini qurish, 500 kVt-1 MVt quvvatga ega elektr stansiyasiga ulanishi mumkin bo`lgan chiqindi gaz yig`ish tizimini qurish, kuniga 5-10 tonna tibbiyot chiqindilarni yoqish inshootini o`rnatish, moddiy texnik bazani mustahkamlash maqsadida maxsus texnikalar va boshqa qurilmalar xarid qilish rejalashtirilgan. 

Shuningdek, 6 ta chiqindilarni qayta yuklash stansiyasini qurish, 5 ta yangi poligon qurish hamda yangi qurilgan poligonlarga tibbiyot chiqindilarni yoqish usuli bilan yo`q qilish uskunasi, kompost qilish uskunasi, konteynerlar va maxsus texnikalar xarid qilish ko`zda tutilgan.

Uchrashuvda kelgusida KEITI ning Toshkentdagi ofisini ochish istiqbollari muhokama qilindi. Mazkur ofis butun Markaziy Osiyo davlatlari uchun mintaqaviy markaz sifatida xizmat qiladi.

Tashrif yakunida KEITI Tabiat resurslari vazirligi bilan o`zaro hamkorlik tobora rivojlanib borayotganligini alohida ta`kidladi. Qolaversa, kelgusida hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko`tarish muhim ekanligi qayd etildi, deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1