1

JCh U-20: O`zbekiston yoshlar terma jamoasining nimchorak finaldagi raqibi aniq bo`ldi

Sport 28.05.2023, 10:56
JCh U-20: O`zbekiston yoshlar terma jamoasining nimchorak finaldagi raqibi aniq bo`ldi

Argentinada bo`lib o`tayotgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida 3-tur doirasidagi navbatdagi o`yinlardan keyin O`zbekiston vakillarining pley-offdagi ilk raqibi ma`lum bo`ldi.

S guruhida Kolumbiya Senegal bilan durang o`ynadi (1:1) va peshqadam sifatida pley-off bosqichga chiqdi. Yaponiya esa 68-daqiqada kamchilikda qolgan Isroilga yutqazib qo`ydi (1:2). 

Natijada ushbu guruhda 2-o`rinni egallagan Isroil O`zbekistonning 1/8 finaldagi raqibiga aylandi. Jamoalar o`rtasidagi bellashuv 30 may kuni bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1