O`zbekistonda aholining himoyaga muhtoj qatlami uchun turli imtiyozlar va qulayliklar yaratilgan. Jumladan, ota-ona qaramog`isiz yoki etimlikda katta bo`lgan bolalarni uy-joy bilan ta`minlash davlatning vazifasi ekanligi eslatildi.
O`zbekiston qonunlariga ko`ra, ota-ona qaramog`isiz yoki etimlikda o`sgan bolalar 18 yoshga to`lishlari bilan uy-joy bilan ta`minlanadi. Buning uchun, birinchi navbatda ular uy-joyga muhtojlar ro`yhatida turishi kerak.
Muhtoj bir nafar etim bo`lsa 25 kvadrat metrdan kam bo`lmagan 1 xonali uy beriladi. Agarda, etim bolalar o`rtasida nikoh tuzilgan bo`lsa, 50 kvadrat metrdan kam bo`lmagan 2 xonali uy beriladi.
Shuningdek, muhtoj inson nogironligi bor shaxs bo`lsa, ko`p qavatli uyning 3 qavatigacha bo`lgan xonadonlardan biri ajratib beriladi.
Uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi bilan taqdim qilinadi. Ammo foydalanuvchi uyni 30 yoshga to`lguncha sotish huquqidan cheklanadi.